O‘zbekning Muhammadi bor…

Date:

O‘zbek adabiyotida o‘zining samimiy va jaydari she’riyati, dardli so‘zlari, ohanglari bilan kirib kelib, qalblarda manguga qotib qolgan ijodkor bu  Muhammad Yusufdir. Uning har bir satri, har qo‘lga olgan qalimidan to‘kilgan so‘zlar go‘yo o‘zbek xalqining, millatning sha’ni, g‘ururi bo‘lib, oltin harflar ila  adabiyot gulshanini bezab turgani ham rost.

Esimda, maktabda o‘qib yurgan kezlarimdayoq Muhammad Yusufga g‘oyibona muxlis, ijodiga mukka tushgan ishtiyoqmandi edim. O‘zbek she’riyatining o‘ta iqtidorli namoyondalaridan biri Muhammad Yusuf ijodining gullagan davri XX asr oxiri XXI asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Uning yorqin hayoti va ijod yo‘lini Pushkinning Bayron haqidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin. “U o‘z she’rlarida ixtiyorsiz tarzda she’riyatning zavqu shavq ila iqrorlik bildirgan”.

“Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Osmonimga olib ketaman”, “Mehr qolur”, “Iltijo”, “Lolaqizg‘aldoq” she’rlari allaqachon o‘quvchilar qalbidan joy olib, esdan chiqmas mangu qo‘shiq bo‘lib tillarda jarang sochmoqda. Ijodkorning yutug‘i shundaki, uning deyarli barcha she’rlari mashhur xonandalar tomonidan kuyga solinib go‘zal qo‘shiqqa aylangan.

Muhammad Yusuf uchun har bir so‘z hayotidagi har bir voqea bamisoli bir she’r edi. U go‘yo osmonlarda qanot qoqayotgan qush kabi juda yengil va yorqin hayot kechirgani adabiyot ixlosmandlariga ma’lum. Muhammad yusuf mashhur va takrorlanmas ijodkor bo‘lishiga qaramay, manmanlikdan yiroq, tanti-odamohun insonligicha adabiyotda o‘ziga xos maktab yarata olgan ijodkor edi.

Bugun maktablarda, ta’lim maskanlarida ham Muhammad Yusuf she’rlarini sevib, izlab o‘qishadi, ardoqlashadi. Beixtiyor o‘quvchilar qo‘lida Muhammad Yusuf she’rlarini ko‘rib qolsam, ko‘nglim bir entikib ketadi. Bir narsa aniqki, haiqiy iste’dod va ijod hech achon zavol bilmaydi, aksincha, shoir aytganiday adabiyot atalmish ummonda yanada bo‘y ko‘rsataveradi.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli AFChO‘IMIda atoqli shoir — Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan 8-“A” va 8-“B” sinf o‘quvchilaridan iborat ikki guruh o‘rtasida “Xalqchil shoir — xalq shoiri” deb nomlangan mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida har ikkala jamoa ishtirokchilari o‘zlarining naqadar zukko va intiluvchan ekanliklari, shuningdek, shoir ijodini puxta o‘rganganliklarini yig‘ilganlarga namoyish qildilar.

Shoir so‘zi bilan aytiladigan kuy-qo‘shiqlar ijrosi esa tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun