To‘rt nafar vohadoshimiz“Axborot-kutubxona a’lochisi” bo‘ldi

Date:

Butun hayotini kitobga oshno tutinish bilan o‘tkazish, kitoblar olamida yashashdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Qo‘lini uzatsa yetadigan joyda turma-tur eng sara adabiyot durdonalari turgan chog’da uni olib o‘qimaslik, kitobning uvoliga qolishdan boshqa narsa emas. Oramizda umrini, mehnatini kitobga oshno etib, tom-tom adabiyotlar quchog’ida baxtiyor yashayotgan kutobxonachilar ham bor. Ularning ham mehnatini ardoqlash, yosh avlodga ziyo ulashish yo‘lidagi kamtarona xizmatlarini qadrlash maqsadida 2020-yilda ilk marotaba “Axborot-kutobxona a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi.

Joriy yilda mazkur ko‘krak nishoniga vohamizdan to‘rt nafar kutubxonachi munosib ko‘rildi. Jumladan, Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi xizmat rahbari Dilrabo Sattorova, Boysun tumani AKM xizmat rahbari Ra’no Vahobova, TerDU ARM yetakchi mutaxassisi Mavluda Xalilova, Denov tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi kutubxona mutaxassisi Malohat Usmanovalar ayni shunday sharafga sazovor bo‘lgan kutubxonachilardir. 

Viloyat hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh kutubxonachilarga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan soha fidoyilariga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari qiymatidagi bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti ham beriladi.

Kutubxona – nurxona, deya bejiz aytilmagan, qalblarga, ongu shuurimizga ziyo ulashishdan bevosita kutubxonachilarning ahamiyati katta.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Termiz tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy...

Homiylik asosida…

Termiz tumanida Al-Hakim at-Termiziy va Sulton Saodat majmualarini bog‘lovchi...

Huquqiy savodxonligi oshirildi

Sariosiyo tumani, Konchilar mahallasidagi Sharg‘un Madaniyat uyida “Insonning huquq...

Insonparvarlik va saxovat tantanasi

Sariosiyo tumanining “Bo‘yrapusht” mahallasida yangi, zamonaviy “Shoh Saroy” to‘yxonasi...
KunTun
KunTun