MUROJAAT YEChIM TOPDI

Date:

Xalq qabullari sabab aholini qiynab kelayotgan muammolar yechim topayotir. Ammo, ba’zi tanti xalqimiz vakillari qabulga borib, dardini dasturxon qilishga iymanadi. Natijada esa og‘riqlar yeng ichida qolib ketaveradi, balki gazak olib, kishini og‘ir ahvolga solib qo‘yar. Shu sababdan ham mas’ullar mahallalarda eshikma-eshik yurib, aholi xonadonlarini, yashash sharoitlarini ko‘rishmoqda, o‘rganishmoqda. Shu bilan birda dard-u tashvishiga quloq tutishayotir.
Bunday sa’y-harakatlar natijasida xalqning og‘iri yengil bo‘lib, yumushi oson kechayotgani quvonarli hol, albatta. Uzun tuman 4-sektor hududidagi “O‘zbekiston” mahallasida yashovchi Madina Rahmonova “Qizil toifa”dagi yoshlardan. Imkoniyati cheklanib qiyin ahvolda qolsa-da, ammo umidini so‘ndirgan emas. Ana shu umid unga kuch berib, 4-sektor rahbari Sh.Kasimov tomonidan viloyat Tibbiyot birlashmasiga yuborildi. Madina kerakli tekshiruvlardan o‘tganidan so‘ng, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Hozirda bemorning ahvoli ancha yaxshi. O‘zi yura boshlagani esa o‘zi va yaqinlarini quvontirdi. Sektor rahbari va mas’ullar esa muammo hal etildi, bo‘ldi qabilida ish tutishmadi, balki, Madinaning ahvoli bilan qiziqib, uning holidan tez-tez xabar olib turishibdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU xalqaro trening mezboni

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar...

Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish...

“Yangihayot” yangi binoda

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb...

Yangi loyiha jadallashmoqda

Sariosiyo tumanida xorijiy qo‘shma korxona asosida tashkil etilayotgan sharbat...
KunTun
KunTun