MADANIYAT UYI UCHUN YANGI BINO

Date:

Madaniyat uyi madaniyat, ma’naviyat ulashishi, obod go‘sha bo‘lmog‘i, ushbu maskanga yo‘li tushgan borki, bahri dili yorishib, ma’naviy ozuqa olmog‘i lozim. Har qalay tasavvurlarimiz aslidagidek taassurot qoldirishga to‘sqinlik qilsa-da, ayni tasvirga yaqin bo‘lmog‘i lozim. Ammo, afsuski, Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor mahallasida joylashgan Madaniyat uyi haqida bunday deb bo‘lmadi. Sababi, ushbu madaniyat maskani binosi anchayin eskirgan, ta’mirtalab va foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan edi.
Xolbuki, Surxondaryo viloyati hokimi U. Qosimovning tumanga qilgan tashrifiga qadar. Viloyat rahbari keliboq, ushbu madaniyat uyi ham e’tibordan chetda qolmadi. Bu esa ko‘p yillik muammoga munosib yechim qilinishiga xizmat qildi. Mdaniyat uyi uchun yangi bino quriladigan bo‘ldi.
Muzrabot ahli san’atga shaydo, adabiyotga esa ixlosi baland odamlar, ayni shuning uchun ham ularning orzulari ushaldi. Tuman hokimi B.Maxmatrayimov va sektor boshliqlari ishtirokida eski bino buzilib, yangi imorat uchun yaxshi niyat ila poydevor tashlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun