32 ta damasdan biri Denovga berildi

Date:

Tinch va osuda yurtga bayramlar, to‘y-u tomoshalar yarashadi. Shukrki, turli sana munosabati bilan tez-tez bayram va tadbirlar uyushtirilib, yoshlar, xususan keng jamoatchilik vakillari jalb etilib turiladi. Ana shunday tadbirlarni tashkil etishda, albatta, tashkiliy ishlar, u yoki bu vositalarni tashish, joylashtirish kabi jihatlar muammoga aylanib qoladi. Sababi tashkilotchilarning hammasida ham zaruriy transport vositalari yetarli emas.
Ana shunda jihatlarni inobatga olgan Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 32 ta “Damas” avtomobili xarid qilinib, respublikamizning 32 ta tuman (shahar) madaniyat va turizm bo‘limlariga topshirilgani esa quvonchli voqea bo‘ldi.
Mazkur transport vositasi Denov tumani madaniyat va turizm bo‘limiga ham berildi. Ushbu transport vositasi hududlarda o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifatining yuksalishiga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaEHTIROM KO‘RSATILDI
Keyingi sahifaUnutilmas uchrashuv

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun