Yana bir mehmonxona…

Date:

Ochiq osmon ostidagi muzey kabi yastanib yotgan, purviqor tog‘lar qo‘ynidagi go‘sha — Boysunning ta’rifi siz-u bizga yaxshi ayon. Ming bora ta’rifini eshitgandan ko‘ra bir bora Boysunni kezguvchilar sabab tumanga kelguvchilarning qadami uzilmaydi. Shuning uchun ham tumanda turizm sohasi yaxshigina rivoj topgan bo‘lib, mahalliy aholining, xususan tadbirkolar uchun daromad keltirguvchi loyihalarning amaliyotga tadbiq etilishiga xizmat qilayotir.
Davlat rahbari raisligida joriy yilning 29-mart kuni o‘tkazilgan mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida qator vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga asosan Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini jadal rivojlantirish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayniqsa, Boysun tumanida turizm salohiyatini rivojlantirish hamda sayyohlar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bugungi kunda barcha qulayliklarga ega zamonaviy 10 ta mehmonxona, 30 ga yaqin mehmon uylari xizmat ko’rsatmoqda.
Ana shunday qulayliklarga ega barcha sharoitlari mavjud bo‘lgan yana bir yangi mehmonxona o‘z faoliyatini boshladi. “Ibroximbek Islombek” MCHJ tomonidan jami loyiha qiymati 3 milliard 450 million so‘mlik (shundan 2000,0 mln. so’mi tadbirkorning o‘z mablag‘i, 1450,0 mln so‘mi esa bank krediti resurslari hisobidan) 50 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy mehmonxona ishga tushirildi. Natijada 10 nafar band bo‘lmagan ayollar va yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun