Dehqonlar uchun seminar

Date:

Dehqonchilikning ham o‘z qiyinchiliklari bo‘ladi. To‘g‘ri-da, yerga urug‘ qadab unib chiqishi, bo‘y cho‘zib hosil bergunga qadar o‘tgan vaqtning mashaqqati faqat dehqonga ayon. Ekish texnikasi, mas’uliyat bilan qarov ham bilim, tajriba talab etadi.

Yangidan yangi texnologiyalar, usul va uslublar esa hosildorlikning oshishiga xizmat qiladi. Sherobod tumanining “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasi “Dilshodbek Nurbek Quvonchbek” fermer xo‘jaligida joriy yil hosili uchun chigit ekish mavsumini qisqa muddatda sifatli o‘tkazish, sog‘lom ko‘chat undirib olish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Hosilning barakali bo‘lishini niyat qilgan fermer-dehqonlar jonliq so‘yib, duoga qo‘l ochishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun