60 gektar maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish maskani barpo etilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanining Tangimush massivida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

4R-105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan 60 gektar maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Tangimush Chavandozi” MCHJ tomonidan chorva va oziq-ovqat bozori qurilishi yakuniy bosqichga yetkazilmoqda. Loyiha hududda savdo imkoniyatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, viloyat hokimi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla sifatida tanlangan Obikor mahallasida barpo etilayotgan zamonaviy mahalla guzari va mahalla binosidagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, hududda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun