Surxondaryo salohiyati — yangi investitsiyalar uchun imkoniyat

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Anhui Jinjiu Mining Group” kompaniyasi bosh direktori Szyuy Yunfen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Muloqotda tog‘-kon sanoati, mahalliy mineral xomashyoni qayta ishlash hamda mehmonxona va turizm sohalarida investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari viloyatning iqtisodiy salohiyati va mavjud resurslariga qiziqish bildirib, investitsiya kiritish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini taqdim etdi. Muzokaralarda xomashyoni chuqur qayta ishlash, qo‘shilgan qiymat yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlarini ochish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni batafsil o‘rganish, ularning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va investitsiya shartlarini kelishish bo‘yicha keyingi amaliy choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun