Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Date:

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi doirasida R. Bo‘riyev oilaviy shifokorlik punkti uchun zamonaviy tibbiyot muassasasi binosi barpo etilmoqda. Mazkur loyiha uchun 1 milliard 650 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Ayni paytda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov Chegarachi mahallasiga tashrif buyurib, yangi tibbiyot muassasasi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari, ularning sifati va borishini ko‘zdan kechirdi.

Qurilish ishlari CHIROY-MUZRABOT QURILISH XK tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli bajarish, ish sur’atini jadallashtirish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inspektor xizmat xonasida bo‘lmasa

Fuqarolar mahalladagi profilaktika inspektori xizmat xonasida bo‘lmagan vaqtda ham...

Ayollar uchun yangi daromad manbayi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda ularning mavjud imkoniyatlari va qiziqishlariga mos...

Iste’dod va imkoniyatlar namoyishi

Insonning imkoniyatlarini namoyon etishi uchun unga sharoit va qo‘llab-quvvatlash...

Har bir bola oilada ulg‘ayishi uchun

Bola uchun eng yaxshi muhit — oila bag‘ri. Biroq...
KunTun
KunTun