Bandixonda yangi sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi davomida Quduqsoy mahallasida tashkil etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining Bandixon filiali faoliyati va istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Taqdimotda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, eksportbop mahsulotlar tayyorlash, investitsiyalarni jalb etish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.Iqtisodiy zona faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun elektr energiyasi, ichimlik suvi, oqova suv tizimi hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishlardagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Mazkur loyihalar Bandixon tumanining sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun