Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Date:

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Jurnalistlar tashrif davomida “Sangardak” turizm majmuasi va “Xonjiza” etnoturizm maskanining imkoniyatlari bilan tanishdi.

Tog‘ manzaralari, so‘lim tabiati va betakror sharsharasi bilan ajralib turuvchi “Sangardak” ekoturizm va faol dam olish uchun katta imkoniyatlarga ega. “Xonjiza”da esa jurnalistlarga hududning milliy urf-odatlari, madaniy merosi va mahalliy aholi turmush tarzi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, sayyohlar uchun o‘ndan ziyod zamonaviy yog‘och uycha barpo etilib, foydalanishga topshirilgan.

Press-turdan ko‘zlangan maqsad — viloyatning jozibador sayyohlik manzillarini keng targ‘ib qilish, hududga sayyohlar oqimini oshirish va turizm imkoniyatlarini ommalashtirish.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun