Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Date:

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Hudud gaz ta’minoti hamda Termiz shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik hamda isitish uskunalarini ishlatishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda shaxsiy tarkibning to‘g‘ri harakatlanishi va o‘t o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Bunday profilaktik tadbirlar xodimlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun