5 000 qadam olg‘a

Date:

Ayolga chaqqon, go‘zal va maftunkor ta’riflari yarashadi. Bularning zamirida avvalo, ayollarning ma’nan va jismonan sog‘lomligi yotadi. Piyoda yurish esa sog‘lom bo‘lish garovidir.

Termiz shahri ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan navbatdagi 5000 qadam marafonida ayollar jam bo‘ldi.

Erta tongdan viloyat hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova boshchiligida bir guruh xotin-qizlar, yoshlar, nuroniy onaxonlar Motamsaro ona haykali tomondan Surxon sport majmuasi tomonga qarab olg‘a qadamlar bilan yo‘lga chiqishdi.

Marafonning boshlanishida so‘zga chiqqan Zulxumor Xidirova: “piyoda yurgan odam sog‘lom bo‘ladi. Har kuni tongda va kechki payt oila a’zolarimiz bilan piyoda yurishni kanda qilmaymiz. Ayollar oilada tashabbuskor bo‘lishi kerak. Bevosita oila a’zolarining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi hamda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarini shakllantirish ham ayol kishiga bog‘liq. Siz piyoda yursangiz, farzandlaringiz, nabiralaringiz ham o‘z-o‘zidan shunga odatlanadi. Bu kabi tabdirlarni birgalikda tez-tez tashkil etib boramiz” deya marafonga yig‘ilgan xotin-qizlarni jismoniy faollikka chaqirdi.

Zero, piyoda yurish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immunitet hosil boʻladi. Zararli odatlardan voz kechish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, jismoniy faollik har birimiz uchun zarur.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

57 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan "Qorakamar" qishlog‘i...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv...

Yoshlar sog‘lom hayot sari chorlanmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz”...

Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16...
KunTun
KunTun