Yoshlar ishli bo‘ldi

Date:

Termiz tumanida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tuman hokimligi binosida o‘tkazilgan yarmarkada maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, “Global Cotton Yarn” MCHJ hamda 25 ta xususiy korxona vakillari jami 178 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif etdi.

30 ta mahalla yoshlar yetakchilari, soliq organlari va hokim yordamchilari ko‘magida 40 nafar ishsiz va bitiruvchi yosh yarmarkaga jalb qilindi. Natijada 3 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi, 8 nafari “Global Cotton Yarn” MCHJda ishlash istagini bildirdi, yana 4 nafari kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirildi.

Yarmarka yoshlarni ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lash, ularning bandligini ta’minlash va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun