“Tashabbusli byudjet” ijrosi muhokamada

Date:

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishida “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2026-yilgi 1- va 2-mavsumlari doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari F. Xodjamkulovning hisoboti tinglandi. Muhokamada aholi tashabbuslarini amalga oshirish, g‘olib loyihalar ijrosini ta’minlash hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, loyihalar ijrosini tizimli monitoring qilish, ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni puxta tayyorlash va muhokama qilingan yo‘nalishlarda ijro samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun