Komissiyasi bekor boʻladimi?

Date:

Naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tish jarayonida bank kartalarini naqd pul bilan to‘ldirish uchun undirilayotgan 1–3 foizlik komissiyalar va pul qabul qiluvchi bankomatlar yetishmasligi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirov o‘tish davrida kartaga pul kirim qilish bilan bog‘liq komissiyalarni bekor qilish tashabbusini ilgari surgan. Uning fikricha, qo‘shimcha xarajatlar fuqarolarni rasmiy hisob-kitoblardan chetlashish yo‘llarini izlashga undashi mumkin.

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev esa komissiyalar bozor raqobati asosida shakllanishini va regulyator ularni belgilamasligini bildirgan.

Naqd pulsiz to‘lovlarni ommalashtirish uchun raqamli infratuzilmani rivojlantirish bilan birga, fuqarolar uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish va to‘lovlarni qulaylashtirish ham muhim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inspektor xizmat xonasida bo‘lmasa

Fuqarolar mahalladagi profilaktika inspektori xizmat xonasida bo‘lmagan vaqtda ham...

Ayollar uchun yangi daromad manbayi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda ularning mavjud imkoniyatlari va qiziqishlariga mos...

Iste’dod va imkoniyatlar namoyishi

Insonning imkoniyatlarini namoyon etishi uchun unga sharoit va qo‘llab-quvvatlash...

Har bir bola oilada ulg‘ayishi uchun

Bola uchun eng yaxshi muhit — oila bag‘ri. Biroq...
KunTun
KunTun