Termiz garnizonida faxriylar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Date:

Yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishi va rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish maqsadida harbiy qismda faxriylar va yoshlar hamda jamoatchilik kengashi a’zolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, mudofaa vazirligi jamoatchilk kengashi, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat bo‘limi, viloyat halq ta’limi boshqarmasi vakillari, afg’on urush qatnashchilari harbiy pensionerlar va faxriylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab, tadbirga tashrif buyurganlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng, mehmonlar harbiy qism tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar va muzey haqida malakali mutaxasis tomonidan ma’lumotga ega bo‘ldilar, shu bilan birgalikda harbiy qism kutubxonasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan mehmonlar harbiy qism kutubxonasi uchun Surxon vohasida yashab bugungi kunda ijod qilib yurgan shoir va yozuvchilarning kitoblarini esdalik uchun topshirdilar.

Tadbirning asosiy qismi harbiy qism saf maydonida bo‘lib o‘tdi, unda so‘zga chiqqanlar Milliy armiyamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning mudofaa qudratini mustahkamlab, xalqimizning tinch, osuda hayotini ta’minlashga xizmat qilayotgani, jangovar bo‘linmalar eng zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan ta’minlanayotganini, Vatanimiz posbonlarining kundalik va jangovar xizmat vazifalarini sitqidildan  bajarishi uchun qulay sharoit  yaratilayotganligi to‘g’risida aytib o‘tdilar.

Faxriylar va yoshlarga hamda mehmonlarga harbiy xizmatchilar tomonidan zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi, faxriy qorovul shaxsiy tarkbining chiqishlari yoshlarda katta taassurot uyg’otdi.

Termiz davlat unversiteti talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi  barchaga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,

Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ishlar jadal tus olgan

Muzrabot tumanining “Xalq yo‘li” mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng...

Bodikameralardan foydalaniladi

2026-yil mart oyidan boshlab Majburiy ijro byurosining 208 ta...

Muhim va samarali…

Surxondaryo viloyatida aholi va ta’lim muassasalarini favqulodda vaziyatlardan ishonchli...

Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi...
KunTun
KunTun