Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov “Oydin yo‘l” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli yakunlash hamda qurilish me’yorlariga qat’iy rioya etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahalladagi 15 nafar fuqaroni tadbirkorlikka jalb etish, ular uchun daromad manbayini yaratish maqsadida zarur asbob-uskunalar tarqatildi. Bu orqali fuqarolarning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

