Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda. Bellashuvlarda o‘quvchilar stol tennisi, yengil atletika, shaxmat, shashka, vorkaut va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.
Olimpiadaning asosiy maqsadi yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat. Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda.

