U-19 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat kubogi musobaqasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqada jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Navro‘za Islomova birinchi o‘rinni, Sanjar Qurbonboyev esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Quvonarlisi, har ikki sportchi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu natija talabalarning sportdagi salohiyati va mahoratini namoyon etib, navbatdagi musobaqalarda ham muvaffaqiyat qozonishlari uchun imkoniyat yaratadi.

