Alimentni davlat to‘laydi… mi?

Date:

Aliment so‘zi qulog‘imizga chalinishi bilan darz ketgan oila, baxtsiz va tirik yetim bolalar xayolimizda gavdalanadi. Yetmaganiga aliment to‘lay olmagan ota va ona o‘rtasidagi ziddiyatlar yomonlashgandan yomonlashadi. Qanchadan qancha otalar esa o‘z farzandi oldidagi majburiyatni bajarishdan bosh tortadi yoki imkoniyati yetmaydi. Natijada esa aliment bo‘yicha qarzdorlik bo‘yicha raqamlar milliardlarga yuzlashadi.
“Bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment to’lash yuklangan. Lekin, ularning 172 ming nafari o’z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda. “Oqibatda aliment bo’yicha qarzdorlik 115 milliard so’mdan oshib ketgan. Har bir viloyat hokimi o’z raqamlarini biladi. Shu bois 2021-yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bog’liq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Bu borada Majburiy ijro byurosining faoliyati qoniqarsiz. Endi aliment to’lovlarini kafolatli ta’minlash bo’yicha yangi tizim joriy qilinadi”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Haqiqatan ham, bu muammolarga sabab bo‘ladigan holat, yechim talab etadigan masala. Yangi tizim joriy qilinsa, 2022-yil 1-iyuldan Majburiy ijro byurosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi. Ya’nikim, endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinroq MIB qarzni byudjetga undiradi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun