Nuroniylar sayohatga yo‘l oldi

Date:

Termiz tumanidan 50 nafar nuroniy otaxon va onaxon Samarqand shahrining tarixiy obidalari va qadamjolarini ziyorat qilish uchun ikki kunlik sayohatga yo‘l oldi.

Safar oldidan tuman hokimligi tadbirlar maydonida kuzatuv marosimi tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Farrux Abjalov nuroniylar bilan suhbatlashib, ularga mazmunli sayohat va xayrli yo‘l tiladi.

Nuroniylar keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, yurt tinchligi va xalq farovonligini tilab duo qildilar.

Sayohat davomida nuroniylar Samarqandning tarixiy qadamjolari va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishadi. Ularga tibbiyot xodimlari hamrohlik qiladi. Yo‘l va turar joy xarajatlari «Nuroniylar» jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...

Halollik — muhim mezon

Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlarini...

Yosh avlod va harbiylar: hamkorlik mustahkamlanmoqda

Termiz tumanidagi 18-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari...

Tadbirkorlik sari ilk qadam

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov “Oydin yo‘l” mahallasida amalga...
KunTun
KunTun