Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va san’at orqali estetik didini shakllantirishda teatrning o‘rni beqiyos. Sahna asarlari insonni hayotga teranroq nazar tashlashga, ezgulik va insoniylikni qadrlashga undaydi.
Shu maqsadda Termiz davlat pedagogika instituti talabalari viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan “Afandini uyida to‘y” spektaklini tomosha qildilar.

Milliy ruh, o‘ziga xos yumor va qiziqarli sahna ko‘rinishlariga boy spektakl talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Undagi kulgili voqealar va obrazlar orqali xalqona hazil-mutoyiba, urf-odatlar hamda milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi namoyon bo‘ldi.
Bunday madaniy tadbirlar talabalarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, estetik didini rivojlantirish, milliy merosga hurmatini mustahkamlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

