Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlarini oshirish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» hamda «Halollik — harbiy xizmatchining oliy burchi» mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etish va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari muhokama qilindi. Harbiy xizmatchilar mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda harbiy xizmatchilar o‘rtasida halollik tamoyillariga amal qilish, xizmat intizomini mustahkamlash va kasbiy mas’uliyatni oshirish muhimligi ta’kidlandi. Zero, korrupsiyaga murosasiz munosabat va qonunlarga hurmat harbiy xizmatda ishonch hamda mas’uliyatni ta’minlovchi muhim omillardandir.
Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

