Attestatsiya boshlandi

Date:

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi malaka sinovlari boshlandi. Surxondaryolik o‘qituvchilar ham Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan sinovlarda ishtirok etishni boshladi.

28-noyabrga qadar davom etadigan attestatsiya jarayonida pedagoglarning mutaxassislik fani, kasb standarti bo‘yicha bilimlari hamda pedagogik mahorati baholanadi.

Joriy yilgi attestatsiyada ishtirok etish uchun Surxondaryo viloyati bo‘yicha jami 28 ming 745 ta ariza kelib tushgan. Ularning 21 ming 730 tasi, ya’ni 75,6 foizi qabul qilingan. Shundan 865 tasi (4 foiz) navbatdagi majburiy, 20 ming 865 tasi (96 foiz) esa navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan.

Sinovlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash hamda pedagoglar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida maktabda zarur tashkiliy va texnik tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun