Imtihon javobi chiqqach, yo‘nalish tanlanadi

Date:

Oliygohga o‘qishga kirish borasida yildan-yilga yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilib, qarorlar qabul qilinmoqdaki, bu abituriyentlar uchun qulaylik va yengilliklar yaratishga xizmat qilayotir. Oshirilgan kontraktda o‘qish imkoni, to‘lov shartnoma summasini yil davomida to‘rtga bo‘lib to‘lash, o‘tgan o‘quv yillari davomida kontrakt summasidagi ba’zi chegirmalar, qolaversa, imtiyozli tavsiyanomalar va shu kabi boshqa imkoniyatlar fikrimiz dalilidir.
Yana bir jihat, abituriyent o‘qishga hujjat topshirayotib, bir yo‘la beshta yo‘nalishni tanlardi. Va o‘qishga birinchi yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga qabul qilinardi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov abituriyentlar test natijalari maʼlum boʻlganidan soʻng yoʻnalishlarni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishi mumkinligini ma’lum qilgani ham abituriyentlar uchun yana bir qulaylik deyish mumkin. Qolaversa, kelgusi yillarda OTMlarga qabul jarayonida bir qator oʻzgarishla boʻlishi kutilmoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ixcham to‘y — farovon oila

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Termiz shahrida mahallalarda aholi...

Surxondaryoda energetika salohiyati: tejamkorlik va yashil energiya sari

Surxondaryoning quyoshli iqlimi va boy tabiiy resurslari hududning nafaqat...

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...
KunTun
KunTun