TerDU magistranti RUDNda o‘qishni davom ettiradi

Date:

Ilm va izlanish insonni kamolotga yetkazadi. Bu yo‘lni tanlaganlarning hayot yo‘li, boy tajribasi esa fikrlarimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekanini isbotlab turadi. Bugungi kunda o‘qish-o‘rganish, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarning soni ortib bormoqda. Bu esa tahsinga sazovor holat, albatta. Maqsadni katta olgan yoshlarni, yosh olimlar va olimlikka da’vogarlarni munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab tadbirlar, ilmiy anjuman va konferensiyalar uyushtirilmoqda. Grant tanlovlari e’lon qilinib, bilim va imkoniyatlar sinovdan o‘tkazilayotir.
Rossiyaning RUDN universitetida talabalar ilmiy anjumani ham ana shunday izlanishdagi yoshlar uchun katta minbar vazifasini o‘tadi, deyish mumkin. Ushbu nufuzli anjumanga Termiz davlat universitetining adabiyotshunoslik fakulteti 2-bosqich magistranti Suxrob Mo‘minov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro konferensiya hamda Suxrobning munosib ishtiroki Termiz davlat universiteti hamda Rossiya Xalqaro do‘stligi universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamladi. Qolaversa, kelgusida qo‘shma loyihalar tuzish yo‘lidagi katta qadam bo‘ldi. Eng quvonarlisi esa magistrant Suxrob Mo‘minov ushbu universitetda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun