110 milliard so‘mlik sanatoriy bunyod etilmoqda

Date:

Sangardak sharsharasining suratiga ko‘zi tushganniyoq shu ajib maskanga borgisi, manzaradan zavq-u shavq olgisi keladi. Ana shu ishtiyoq sabab bugun Sangardakka kelib ketguvchilarning qadami uzilmaydi. Albatta, Sangardak tog‘ qo‘ynidan sharqirab oqayotgan sharshara tomoshasidan ruhlanib, ajib tabiat qo‘yni, osmonlarga tutashib ketgan tog‘larning bag‘rida yurishning gashti bo‘lakcha.


O‘ziga xos turizm maskanida mehmonlar uchun yanada yaxshiroq xizmatlarni taklif etish, munosib shart-sharoit yaratish maqsadida e’tiborga molik qurilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ya’ni, Sariosiyo tumani “Sangardak” qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan qurilayotgan, umumiy qiymati 110 milliard so‘m bo‘lgan, 7 qavatli, 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriysida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari qizg‘in tus olgan. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov esa bevosita Sangardakda bo‘lib, ayni qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Boshlangan ishni o‘z vaqtida va sifatli olib borish, qolaversa, sihatgoh qurilishida yuzaga keladigan har qanday muammo, xususan, suv va elektr energiyasi ta’minoti masalasini o‘rganib, hal etish yuzasidan viloyat rahbari mas’ullarga kerakli vazifalarni yukladi. Aytish kerakki, ushbu sanatoriyning barpo etilishi ekoturizm rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun