Ekologik madaniyatimiz oshsa…

Date:

Bugungi kunda eng dolzarb ekologik muammo nima ekanini so‘rab qolishsa, uzoq o‘ylab o‘tirishga hojat yo‘q. Afsuski, insonning tabiiy jarayonlardan noto‘g‘ri foydalanishi natijasida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, muzliklarning erib yoki kamayib ketishi, chuchuk suv muammosi-yu, ozon qatlamining yemirilishi… ehhe, ularni sanayversangiz, aslo oxiriga yeta olmaysiz. Gapni insonning bevosita aralashuvi bilan ekologik muammolarning kelib chiqishiga bog‘lagan ekanmiz, demak, o‘z qo‘llarimiz bilan uni bartaraf etishimiz shart va zarurdir. Buning uchun muammoning ildizigacha yetib borish, targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlarini olib brogan holda munosib yechim izlash lozim.


Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetida “Surxondaryo viloyatining eng dolzarb ekologik muammolari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda talabalar Surxondaryo viloyatidagi eng dolzarb ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini, takliflarini bildirdilar. Mavzu dolzarb, shuning uchun ham munozaralarga boy o‘tgan davra suhbatida o‘qituvchi-pedagoglarning, sohada katta tajribaga ega professorlarning fikrlariga quloq tutilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ulardan javob olishdi.
Mana shunday tadbirlar, targ‘ibotlar tez-tez tashkil etilar ekan, ekologik madaniyatimiz oshadi. Tabiatga, ekologiyaga munosabatimiz o‘zgaradi va uni asrab-avaylashga, hech bo‘lmaganda zarar yetkazmaslikka harakat qilamiz.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun