40 nafar mahkum ozod…

Date:

Yaqindagina o‘tgan Ramazon oyi barchamizning sabrimizni sinovdan o‘tkazdi. Ha, bu muborak oyda o‘zlikni taftish qildik, ezgu amallarimiz, fazilatlarimiz bilan, tutgan ro‘zamiz-u ibodatlarimiz bilan farzlarimizni ado etdik. Bunday amaliy harakatlar probatsiya guruhi hisobida turganlar orasida ham kuzatildiki, ular mehnatga halol munosabatda bo‘ldilar. Xatolarini tushinib, tuzalish yo‘liga o‘tdilar. O‘rnatilgan tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qilganliklari uchun ham qirq bir nafar mahkum jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Bu qaror ular uchun yuksak mukofot deyish mumkin.
Zero, ushbu islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir insonni rozi qilish, ularning ezgu orzularini ro‘yobga chiqarish, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir. Termiz shahar IIB Probatsiya guruhi binosida sayyor sud majlisida jazo o‘tab turgan bir guruh mahkumlar tomonidan Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Sudda ish hujjatlari atroflicha o‘rganib chiqilib, insonparvarlik tamoyiliga tayanildi. Va o‘zlariga tegishli xulosa chiqargan qirq bir nafar mahkum o‘talmay qolgan jazo muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlash oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun