Muhimi xalq roziligi

Date:

Imkonsizlik insonni nimalarga majbur qilmaydi deysiz. Ammo, xalqimiz hech qachon og‘ir ahvolga tushgan, imkonsiz insonlarni tashlab qo‘ymaydi. Ularga g‘amxo‘rlik qilishni, mehr-oqibat ko‘rsatishni o‘z burchi deb biladi. Bunday yuksak fazilatlar esa amaldagi siyosiy islohotlarimizda, amalga oshirilayotgan ishlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, xalq qabulxonalarining tashkil etilib, aholini qiynab kelayotgan muammo va murojaatlar tinglanib kelinayotgani ham ana shunday ishlarning eng oliy ko‘rinishi deyish mumkin. Termiz shahar Xalq qabulxonasiga “Afg‘on voqealari qatnashchisi” Shonazar Pardayev murojaat qildi va 1979-yildan buyon kasal ekanini, oilaviy sharoiti tibbiyot muassasalarida yotib davolanishga imkoniyat bermayotganligini aytib, davolanishda amaliy yordam so‘radi.
76 yoshli otaxon shu kunning o‘ziyoq shahar tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga yo‘naltirilib, nazoratga olindi. Kerakli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, statsionar tartibda shifoxonaga yotqizildi va kerakli muolajaalar qilindi. Natijada Sh.Pardayevning ahvoli yaxshilanib, darddan forig‘ bo‘ldi.
Ayni paytda fuqaro ko‘rsatilgan bunday yordamdan mamnun.
Ha, mana shunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Albatta, shahrimizda ana shunday urush qatnashchilarining holidan xabar olish, yo‘qlash, turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Muhimi har bir amalimizda, qilayotgan ishimizda ezgu maqsadlarni ko‘zlab, insoniylik burch va vazifalarimizdan kelib chiqib yondashar ekanmiz, xalqning davlatdan, amaldagi boshqaruvdan roziligiga erishamiz. Buning uchun mas’ul vazifadagi insonlar kasbiga, Vatan xizmatiga vijdonan yondashsa bo‘lgani.

U.Allayarov,
Termiz shahar xalq qabulxonasi
mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun