“Quyosh” quvvatlash qurilmasi yaratilmoqda

Date:

Atrof-muhit tozaligi va ekologiyani asrash har doim ham dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Birgina avtomobillardan chiqayotgan zaharli tutunning o‘zi insoniyatga, tabiatga qanchadan-qancha zarar yetkazadi. Benzin va gaz bilan harakatlanadigan avtomobillarni elektromobillar bilan almashtirish jarayoni allaqachon boshlab yuborildi. To‘g‘ri, bu mablag‘ va vaqt talab etadigan jarayon.
Shu o‘rinda qiziq savol tug‘iladi. Elektromobillar qanday quvvatlanadi? Buning uchun ham cho‘ntakbop va qulay yechim bormikan? Yangilik sifatida aytish kerakki, O‘zbekistonda elektromobillar uchun “quyosh” quvvatlash qurilmasi yaratilmoqda. Bu ish bilan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari shug‘ulanishayotir.
Quyosh texnologiyalarini qo‘llagan holda elektromobillarni yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilmalar barcha hududlarda joriy etiladi. Natijada respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobilni quvvatlash imkoniyati yaratiladi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun