Tajriba almashildi

Date:

Qaysidir ma’noda kitobxonning qay bir kutubxonaga murojaat qilishi, vaqtini mazmunli o‘tkazishi kutubxonachiga ham bog‘liq. Bugungi kutubxonachiga esa faqat hushmuomalali bo‘lish emas, balki yanada ko‘proq talablar qo‘yilyapti. Ho‘sh, kutubxonachi qanday faoliyat yuritsa, xizmat a’lo darajada bajarilgan bo‘ladi? Buning uchun o‘z ustida ishlashi, ko‘nikma va tajriba almashish, yangidan-yangi bilimlarni o‘zlashtirish kerakdir.
Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida “Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatdan yanada rivojlantirish” mavzusida o‘tkazilgan seminar ana shunday so‘roqlarga munosib javob bo‘ldi. Unda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z. To‘rayev, viloyat, tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Aytish kerakki, Termiz shahrida Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat, 13 ta tumanda bittadan axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, kitob fondi 720 ming nusxani tashkil etadi. 320 nafar xodim kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash, mutolaa madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Seminarda axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish uchun sifat jihatidan qulay sharoitlar yaratish, o‘z axborot-resurslarini yaratish va sifatli to‘ldirib borish masalalarida so‘z yuritildi. O‘zaro tajriba almashish, kutubxonachilarning amaliy ko‘nikmasi va kasbiy mahoratini yanada oshirishga oid taqdimotlar o‘tkazildi.

S.NORMURODOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun