Bokschilar munosib taqdirlandi

Date:

Sportchi raqibining qarshisida ko’rinish berdimi u o’z ori, Vatan sharafi va shoni uchun kurashadi. G’alaba ham yolg’iz o’ziniki emas, xalqniki, davlatniki ham. O’z o’rnida yutuqlar, qilingan mehnat va mashaqqat ham e’tirofsiz, e’tiborsiz qolmaydi. O‘zbekiston boks federatsiyasining Surxondaryo viloyati bo‘limi ortda qolgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan bokschilarni taqdirladi. Taqdirlash jarayonida O‘zbekiston boks federatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Xayitali Allamurodov, sportchilar, ularning yaqinlari va boshqalar ishtirok etishdi.
Toshkent shahridagi U-22 Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Dilshod Abdumurodov, bronza medali sohibasi Dilfuza Bekova, 2021-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bronza, MDH o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan Muxlisa Toxirova, shuningdek yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalga ega chiqqan Diyorbek O‘rolov kabi bokschilarga pul mukofoti topshirildi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlik sari ilk qadam

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov “Oydin yo‘l” mahallasida amalga...

Ishlar nega sust?

Denov tumani hokimi o‘rinbosari Sherzod Isanov ishtirokida aholi bandligini...

Nuroniylar sayohatga yo‘l oldi

Termiz tumanidan 50 nafar nuroniy otaxon va onaxon Samarqand...

Yangi Toshkentda Surxondaryoning 100 gektari bor

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun...
KunTun
KunTun