Muhim tavsiyalar berildi

Date:

11-sinf — ta’lim tizimidagi muhim bosqich, o‘quvchi-yoshning esa hayotidagi hal qiluvchi qadamni bosadigan fursat. Kasb-hunar tanlaydimi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadimi yoki oliy ta’limda o‘qishini davom ettiradimi — bu tanlov kelajak taqdirini belgilab beradi. Nima bo‘lganda ham qiziqish va ishtiyoq, layoqat qaror qabul qilish uchun turtki bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina afsus va attang deyishga hojat qolmaydi. Demak, bu borada yoshlarga kerakli maslahat va tavsiyalarni bermoq lozim.

Shu maqsadda maktablar bitiruvchi o‘quvchilari uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchilari tomonidan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Ana shunday o‘quv seminari Termiz shahridagi 10-umumtaʼlim maktabida ham bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Bitiruvchilarni u yoki bu sohaga qiziqtirish maqsadida maslahatchi mutaxassislarning maslahat va tavsiyalari tinglandi. Qolaversa, o‘qishni oliy ta’limda davom ettirishning afzalliklari, ahamiyati tushuntirib berildi. Universitetlarda ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, bitiruvchilarni dars jarayonlari bilan bevosita tanishtirish orqali ham yuqori natijaga erishish mumkinligi tavsiya etildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun