600 dan ortiq eksponat jam

Date:

Qiziqish xobbiga aylansa, kishi e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Konvert markalarini yig‘adiganlar, davlat pul birliklari kolleksiyasini tuzadiganlar haqida ko‘p bor eshitganmiz. Sho‘rchi tumanining “Konabod” mahallasida yashovchi Ro‘zixol Bo‘ronova ham ana shunday qiziquvchilardan. Asl kasbi o‘qituvchi bo‘lgan onaxon tarixiy buyumlarga qiziqadi. Shundanmi, qadimiy ko‘za va sopol idishlar deysizmi, milliy liboslar-u har xil asbob-anjomlar va buyumlarni yig‘ib yurdi. Yig‘ib to‘plaganlari esa bir xonada jam bo‘lganda, ushbu xona muzeyga aylandi-qoldi. Uy-muzeydagi eksponatlarni sanasangiz, 600 tadan ortiq.
80 yoshni qoralab, uy-muzeyi ochgan muzey sohibasi to‘plaganlarini tomosha qilsa, zavq-shavqqa to‘ladi. Qiziqib kelguvchilarni ham olam-olam taassurot olishini istaydi.
— Aslida tarixiy eksponatlarni yig‘ishni rahmatli turmush o‘rtog‘im boshlagan, — deydi onaxon. – Ota-bobolarimiz ro‘zg‘onida ishlatgan, to‘y-tomoshalarda kiygan milliy liboslarini asrab-avaylab olib qo‘yardi. Milliy qadriyatlarimizni, urf-odat va an’analarimizni, tariximizni qadrlardilar. Men esa ularning qiziqishlarini davom ettirib, bugungi kunda uy-muzeyi tashkil etishga erishdim.
Haqiqatan ham ushbu mo‘jazgina muzeyga kelib, nodir eksponatlar tomoshasiga kirishsangiz, ularning har birining o‘z tarixi borligiga ishonch komil qilasiz. Ular qiziqishingizni oshiradi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun