G‘oyadan ixtiroga qadar

Date:

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash va ijodiy fikrlashga o‘rgatish maqsadida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktablarda robototexnika, dasturlash va 3D-modellashtirish klublari tashkil etiladi.

Loyiha dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bittadan maktab tanlangan holda, jami 14 ta maktabda yo‘lga qo‘yiladi. 2028-yilgacha esa xususiy sektor ishtirokida har bir tuman va shaharda kamida bittadan robototexnika va muhandislik klubi ochilishi rejalashtirilgan.

Klublarda bolalar yoshiga mos mashg‘ulotlar orqali texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganadi, o‘z g‘oyalarini amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mashg‘ulot xonalari kompyuter va internet bilan ta’minlanib, pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

2028-yildan boshlab klub a’zolari o‘rtasida vazir sovrini uchun musobaqalar tashkil etiladi. Klublar faoliyati va qamrovini kengaytirish ishlari esa 2027–2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Mazkur tashabbus bolalarning texnik savodxonligini oshirish, muhandislikka qiziqishini kuchaytirish va kelajakda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan yoshlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun