Tilga e’tibor — savodxonlikdan boshlanadi

Date:

Davlat tiliga hurmat uning sofligini asrash, imlo qoidalariga rioya qilish va kundalik faoliyatda undan to‘g‘ri foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bu borada davlat tashkilotlari xodimlarining yozma savodxonligi ham muhim ahamiyatga ega.

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi. Unda xizmat rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, ofitserlar, serjant va safdorlar ishtirok etdi.

Diktant ishlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan imlo, tinish belgilari va yozuv madaniyati mezonlari asosida baholandi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday tashabbuslar xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash, rasmiy ish yuritishda o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya etish va ona tilimiz nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun