Otalar namuna ko‘rsatdi

Date:

​Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” hamda “Shanba — Otalar kuni” munosabati bilan otalar ishtirokida qizg‘in va murosasiz sport bellashuvlari tashkil etildi.

​Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlar va oilalarda zararli illatlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, shuningdek, farzand tarbiyasida otalarning mas’uliyati va o‘rnini yanada oshirish ko‘zlangan tadbir qiziqarli tarzda o‘tdi.

​Ishtirokchilar mini-futbol, arqon tortish, armrestling (qo‘l mehnati va kuchi), tosh ko‘tarish, 60 metrga yugurish hamda uzunlikka sakrash kabi shartlar bo‘yicha o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar. ​Zotan, shaxsiy namuna ko‘rsatish, sportni kundalik turmush tarziga aylantirish va farzandlarni har qanday yot illatlardan asrash har bir otaning eng sharafli burchidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun