“Mehrli maktab”lar tashkil etiladi

Date:

“Har kim ta’lim olish huquqiga ega… Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim-tarbiya ta’minlanadi”. Bu haqda yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 50-moddasida ham belgilab qo‘yilgan.
Quvonarlisi, to‘rt muchasi sog‘lom yoinki jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar endilikda birgalikda bir partada o‘tirib ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda. Afsuski, oramizda og‘ir kasalikka chalingan, gemetologik, onkologik kasalliklar bilan og‘rib, asosiy vaqti tibbiyot muassasalarida, davolanishda o‘tadiganlar ham bor. Bu kabi bolalar maktab partalarida tengdoshlari bilan birgalikda dars tayyorlab, ilm olishdan mosuvo. Biroq endilikda ana shunday bolajonlar uchun joylarda “Mehrli maktab”lari tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 29-martidagi “Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Respublikamizda birinchi “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida “Mehrli maktab”ning filiallari 2023-2028-yillarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Har yili filiallar kamida 3 ta hududda ochiladi. Filiallarning asosiy maqsadi – davolanishda boʻlgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha ta’lim hamda umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash hisoblanadi.
“Mehrli maktab”da maktab direktorining filiallar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, хodimlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun esa kadrlar bilan ishlash boʻyicha inspektor lavozimlari joriy etiladi.

Haqgoʻy

Oldingi sahifa…subsidiya ajratiladi
Keyingi sahifaFINALDA UCHINCHI…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...

Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z...

“Oltin qalam” muborak

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof...
KunTun
KunTun