Xivaga sayohat

Date:

Xivada bo‘lganmisiz? Bordi-yu bormagan bo‘lsangiz, vaqt topib, Xiva ko‘chalarini kezishni, sayr-u sayohat qilishni tavsiya qilgan bo‘lardik. Ochiq osmon ostidagi ushbu mo‘jaz va qadimiy shahar sizni o‘ziga maftun etishi shubhasiz. Xiva sizni o‘tmish bilan yuzlashtiradi. Xuddi vaqt mashinasida bir necha asr oldingi davrga tushib qolgandek his etasiz o‘zingizni. Bor salobati, go‘zalligi va tarixiy qiymatini saqlab qolgan shaharda ana shunday hislar chulg‘ab oladi sizni. Hayratingiz va havasingizni yashira olmaysiz.
Termiz davlat universiteti rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan oliygohda mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh xodimlar Xorazm diyorining turistik obyektlarida 2 kunlik safari chog‘ida ana shunday tuyg‘ularni, taassurotlarni o‘z boshlaridan o‘tkazdilar.
Sayohat davomida qadim Xiva shahrining Ichan qa’la yodgorlik majmuidagi me’moriy yodgorliklar, muzeylar va Kaltaminor kabi inshootlarini shunchaki tomosha qilish bilan kifoyalanishmadi, ushbu yodgorlik va muzeylar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, manzilgohlar bilan bog‘liq qiziqarli va tarixiy voqea va rivoyatlarni tinglashdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun