Muammo yechim topdi

Date:

Uzun tumanidagi “Bobotog’” mahallasi tuman markazidan anchagina olisda joylashgan hudud. Shu sababdan barcha jabhada mahallada shart-sharoit yaratish ishlari ko‘rib boriladi. Xususan, ta’lim tizimida ham malakali mutaxassislarni jalb etish uchun qonunchilikka asosan ustamalar belgilanganidan xabarimiz bor. Albatta, olis hududlardan kelib dars berayotgan o‘qituvchi-murabbiylarning xizmatini e’tirof etib o‘tish lozim. Ammo, shunga qaramay kichik ko‘ringan muammolar imkonsiz hududda kattalashib boraveradi.

Ushbu hududga olis hududlardan kelib dars berayotgan 61 nafar o‘qituvchining 2023-yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar bo‘lgan 3 oylik ijara to‘lovi pullari to‘lanmay kelingan. Turgan gapki, bu tomonlarning norozichiligiga sabab bo‘ldi. Muammoni bartaraf etish maqsadida tuman prokurori tomonidan jami 113 million 400 ming so‘m ijara pullarining 94 million 700 ming so‘mi o‘qituvchilarning plastik kartalariga, qolgan 18 million 700 ming so‘m mablag’i esa naqd pul shaklida to‘lov vedomostlari orqali to‘liq to‘lab berilishi taʼminlandi.
Qolaversa, mahalla ahliga qulaylik yaratish maqsadida Xalq banki tuman fillialining bankomati o‘rnatildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

FVV va mahalla hamkorligi — xavfsiz hayot sari

Bugungi kunda aholining xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar va boshqa favqulodda...

Hamkorlikning yangi bosqichlari muhokamada

Surxondaryo viloyati hokimining ish rejasiga muvofiq, bugun 10 ta...

Barqaror rivojlanish sari muhim qadam

Hukumat qaroriga binoan tashkil etilgan yangi jamg‘arma — “Yashil...

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...
KunTun
KunTun