Surxondaryo delegatsiyasi Yaponiyada

Date:

Davlatning iqtisodiy o‘sishida, albatta, xorijiy hamkorlik, tajriba almashish muhim. Ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralari ko‘rilsa, nafaqat iqtisodiy salohiyatimizda o‘sish kuzatiladi, balki turistik imkoniyatlarimizni ham kengaytirgan bo‘lamiz. Ayni maqsadni ko‘zlagan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlarida bo‘lib, investitsiya va turizm imkoniyatlariga oid taqdimotlar hamda mahsulotlar eksporti yuzasidan muzokaralar o‘tkazishmoqda.
Aytish kerakki, joriy yilning 27-martdan 2-apreliga qadar ko‘plab hamkorlik kelishuvlariga erishishni maqsad qilgan delegatsiya dastavval “Japan Conservation Engineers & Co. LTD” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) granti hisobidan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida yerlarning sho‘rlanishining oldini olish va sho‘r yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdilar.

Navbatdagi “Nippon Investment Operating Corporation” (NIOC) kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuv doirasida esa NIOC kompaniyasi tomonidan Surxondaryo viloyatida talk xomashyosini qayta ishlashni tashkil etish va mahsulotni Yaponiyaga eksport qilish bo‘yicha dastlabki qiymati 2 million dollarga teng bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan bo‘ldi. Ushbu kelishuv ham har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishiga shubha yo‘q.
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Surxondaryo viloyati hokimligi va tadbirkorlar delegatsiyasi, 20 dan ortiq nufuzli yapon kompaniyalari va ishbilarmon doira vakillari ishtirokida o‘tkazilgan biznes-seminarlarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, turizm xizmatlarini ko‘rsatish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga qiziqqan korxonalar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar behuda o‘tmadi, 12 million dollarlik shartnomalar tuzildi.
Delegatsiya a’zolari bu bilan kifoyalanishmadi, elchixona ko‘magida Tokio shahrida Rishsho universiteti prezidenti bilan uchrashib, Rishsho universiteti bilan Termiz davlat universitetining hamkorligini faollashtirish, ta’lim, talaba va professorlarning o‘zaro tajriba almashinuvi, arxeologiya, buddizm va turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Joriy yilning sentabr oyida Rishsho universiteti vakillarining Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi va arxeologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishadi. Shuningdek, Kyudzo Kato ishini davom ettirilish bilan birga Surxondaryoda yapon markazi tashkil etiladi.

S.Davlatova

Oldingi sahifaMuammo yechim topdi
Keyingi sahifaHar so‘zi ibrat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun