Uy bekalari bellashdi

Date:

Ayolni uy bekasi, doimo yumushlar bilan yoki oshxonada kuymalanib yurgan holda tasavvur etamiz. Ular butun bir ro‘zg‘or tashvishlari, farzand tarbiyasidan ortib, o‘zlariga vaqt ajrata olmaydi ham. Shunda ham ayol bundan nolimaydi, e’tibor kutmaydi. Ha, ayol uchun bu ishlar sportdek gap, shu bilan chiniqadi deydiganlar ham yo‘q emas.

Ammo, nozik xilqat vakilalari ham o‘zlariga vaqt ajratishlari, hayotni uy yumushlaridan tashqarida ham ko‘rishlari lozim. Uzun tumanida tuman tibbiyot birlashmasi oilaviy poliklinika tibbiy xodimlari hamda mahallalar xotin-qizlari o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari ayollarga ana shunday imkonni bera oldi.

Xotin-qizlar voleybol o‘ynadilar. Shaxmat-shashkada aqllarini charxladilar. Basketbol to‘pini raqib jamoadan munosib himoya qilib, beayov bellashdilar. Asosiysi musobaqa samimiy ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Har bir ishtirokchi vaqti mazmunli o‘tganidan quvondi. Albatta, ishtirok izsiz, besamar ketmadi. Munosib ishtirok etganlar g‘olib sifatida e’tirof etildi, sovg‘alar bilan taqdirlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq hududi kengaytirilmoqda

Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon...

Kimlar soliqdan ozod?

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar...

Matonati ibratdir

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim...

Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida "Yangi...
KunTun
KunTun