Saboq…

Date:

Bir kishining yakka-yu yagona o‘g‘li bor ekan. U balog‘at yoshiga yetibdi. Bir kun otasidan qanday kasb tanlash haqida maslahat so‘rabdi:
— Biror kasbni tanlashing o‘zingga bog‘liq, — debdi ota.
— Eng yaxshi kasb o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, — debdi o‘g‘il.
— Mayli, qo‘shnimizning qo‘chqorini o‘g‘irlab ko‘rchi, — debdi ota.
O‘g‘il qo‘shnisining qo‘chqorini o‘g‘irlab kelibdi. Otasi o‘zini xursand ko‘rsatib:
— Yasha, o‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz maza qilib uydan chiqmay shu qo‘yni yeymiz.
Ota-o‘g‘il bir hafta maza qilishibdi. Qo‘yni batamom yeb bo‘lishgach, o‘zlarini taroziga tortishibdi. Ota o‘n kilo semiribdi, o‘g‘il esa o‘n kiloga ozibdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi. Ota kulib:
— Ey nodon, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini o‘sha kuni qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun, xotirjam semirdim. Sen bo‘lsa, bir hafta azob ichida yashading! Shu sabab ozding. O‘zingga halol kasb tanla, shunda u dunyoying ham, bu dunyoying ham obod bo‘ladi, — debdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun