Yoshlarga motivatsiya berdi

Date:

Har bir yosh kelajakda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib ta’lim-tarbiya oladi. U yoki bu ixtisoslik bo‘yicha o‘qiydi. Bilimlarini amaliyotda sinash uchun ishlaydi, tajriba orttiradi. Albatta, orzu va qiziqishlar maqsadga aylanishi uchun munosib motivatsiya kerak. Ana shundagina maqsadimiz hayotimizning mazmuniga aylanadi. Termiz harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Sariosiyo tumanida joylashgan 68750- va 49543-harbiy qismlar bilan hamkorlikda tumanning olis hududlarida joylashgan 30-, 31-, 32-sonli maktab yoshlari o‘rtasida So‘fiyon madaniyat markazida tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni yoshlarga ana shunday motivatsiya bera oldi.
Ochiq eshiklar kunida texnika, qurol-yaroq va jihozlar namoyishi yoshlarga katta qiziqish uyg‘otdi. Aslahalar haqida berilgan ma’lumotlarni barcha qunt ila tingladi. O‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, harbiy og‘alaridan munosib javob oldilar. Jarayondan katta taassurot olgan yoshlar ko‘zida mamnunlik ifodasi mujassam. Ularning qalbida harbiylik hayoti manzur bo‘lgani, ular ham ayni harbiy akalari kabi Vatan xizmatiga shaylanish istagi yanada ortgani shubhasiz.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun