YANGI BOG‘CHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Date:

Farzandim bog‘chaga borgani uchun ham xotirjam ishlayman. Ishonamanki, farzandimning kuni o‘rganish bilan, foydali ma’lumotlarni qabul qilish bilan maroqli o‘tadi. She’rlar yod oladi, ertaklar o‘rganib, uyga kelganida zavq bilan so‘zlab beradi. Til o‘rganishi, san’atga, adabiyotga oshno bo‘lishi orqali katta hayotga jajji qadamlarini ildam tashlayotganidan mamnun bo‘laman. Albatta, bola dunyoqarashining shakllanishida, ilk bilimlarini olib, dunyoni, atrof-muhitni tanishida bog‘chaning, tarbiyachi-pedagoglarning o‘rni nihoyatda katta. Xuddi ota-onasidek g‘amxo‘rlik qilayotgan jonkuyar jamoa farzandlarimiz hayotida katta o‘zgarishlar qilishayotir.
Shu ma’noda mahallalarida bog‘chasi yo‘qligi sabab hali bog‘chaga bormagan bog‘cha yoshidagi bolalar haqida o‘ylasam, ularning ko‘p narsalarni boy berayotganliklari kishini xafa qiladi. Bolajonlarni bog‘chaga qamrovini oshirish, maktabga tayyor bo‘lib borishlari uchun ham bog‘chalar kerak. Sho‘rchi tumanidagi “Konabod” mahallasida hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham 16-maktabgacha taʼlim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.
90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha taʼlim muassasasida o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari mavjud bo‘lib, ushbu xonalar zamonaviy jihozlangan. Har kunlik oziq-ovqat mahsulotlari sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilingan holda tayyorlanishiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Kundalik mashg‘ulotlardan tashqari rus, ingliz tili, shaxmat, shashka, rasm chizish to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu bolajonlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishga, qolaversa, yangidan-yangi bilimlarni o‘zlashtirishga xizmat qilayotir.

S.Murodova

Oldingi sahifaILMNING OYDIN YO‘LI
Keyingi sahifaUmrboqiy alanga

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun