ILMNING OYDIN YO‘LI

Date:

Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir. Shu sababdan ham kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasi yo‘lida bor imkoniyatlar yaratilib berilayotir. O‘z navbatida imkon va imtiyozlardan o‘rinli foydalanib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz hayotida ham o‘zgarishlar, muvaffaqiyat va yutuqlarni ko‘rib, kuzatib faxr-iftixor sezadi kishi. Sho‘rchilik yoshlar ham ilm-fan sirlarini o‘rganib, o‘z orzulariga qanot bog‘ishlayotir.
Anvar Mengturdiyev tumandagi 35-umumtaʼlim maktabining 10-sinf o‘quvchisi. Tirishqoq va tinib-tinchimas bu yigitning geografiya faniga qiziqishi, mehri bo‘lakcha. Shundanmi, u al-Xorazmiy olimpiadasining tuman bosichida ishtirok etib, bilimi va faolligi sabab viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ha, al-Xorazmiy olimpiadasi ko‘plab bilimli va salohiyatli yoshlarni kashf etib, yuzaga chiqarayotir. Olimpiadaning viloyat bosqichida 35-maktabda tahsil olayotgan Yulduz Yo‘ldosheva matematika, Dilshod Xolmatov esa kimyo fanidan ishtirok etish sharafiga ega bo‘lishdi. Albatta, yoshlarning bunday yutuqlar va yuqori natijalarni qayd etishlarida ustoz va murabbiylarning o‘rni katta. Yosh shogirdlar ham o‘z navbatida ustozlarini e’tirof etishdan, ular xizmatidan minnatdor ekanini aytishdan to‘xtashayotgani yo‘q. Maktabning bir guruh faxriy o‘qituvchilari ulug‘ maskanda mana shunday munosib izdoshlar yetishib chiqayotganidan mamnun. Yoshlarga ustozlarning yorug‘ yo‘lini tilab oq yo‘l tilashdi. Munosib rag‘bat va tuhfa sifatida kitob sovg‘a qilishdi. Ushbu ma’naviy xazina o‘g‘il-qizlarning yo‘llarini yoritguvchi mayoq vazifasini o‘tasa, ajab emas.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun