Ma’naviyat gultoji

Date:

Аlisher Navoiy nomi barchamiz uchun qadrlidir. Uning asarlari hayotda o‘zini tutish, qanday axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish kabi tushunchalar bilan yo‘g‘rilgan. Аsarlarining bosh g‘oyasi hamisha komil insonni tarbiyalashga qaratilgan. Аyniqsa, yoshlar tarbiyasiga Vatanga, oilaga, jamiyatga, ota-onaga, ilm olishga, urf-odatlarga, an’analar va qadriyatlarga munosabatlari Navoiyning diqqat markazida bo‘lgan.

Navoiy asarlarida adolat va insof, sabr va qanoat, ezgulik va saxovat, mehr va muruvvat kabi tuyg‘ular ulug‘lanadi. Shuning uchun ham Navoiy asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ma’naviyatimiz yuksaladi, so‘z boyligimiz oshadi, dunyoqarashimiz kengayadi. Qalbimizda ezgulik, saxovat, mehr-muhabbat barq uradi.

Termiz shahar 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimida ham “Navoiyga ehtirom” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda tarbiyalanuvchilar shoir hayotiga oid she’rlar, ijodidan ruboiylar, kichik sahna ko‘rinishlarini ijro etdi.

Dildora Аbdikarimova,
26-DMTT tarbiyachisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...
KunTun
KunTun